Fargʻona viloyati “yashil” hududda!
Bugun, 14-may kuni Fargʻona viloyatida davolanayotgan soʻnggi bir nafar bemor ham sogʻayib, salomatligini tiklash uchun reabilitatsiyaga kuzatildi.
Bugun, 14-may kuni Fargʻona viloyatida davolanayotgan soʻnggi bir nafar bemor ham sogʻayib, salomatligini tiklash uchun reabilitatsiyaga kuzatildi.
2020-yil 15-mart kuni Oʻzbekistonga kirib kelgan koronavirusga qarshi kurashish borasida koʻrilgan keskin chora-tadbirlar, Jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan koʻrsatilgan barcha tavsiyalar, xitoylik mutaxassislarning viloyat tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda olib borgan saʼy-harakatlari, mazkur soha mutaxassislarining oʻz kasbiga boʻlgan mehr-muhabbati oʻzining natijasini koʻrsatdi.
Fargʻona viloyatida shu paytga qadar 157 nafar bemor sogʻayib, “Yashil” hududga kirdi.