Faol va tashabbuskor ustozlar taqdirlandi (+video)
Surxondaryo viloyatida ham “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” shiori ostidagi III ustozlar milliy forumi o‘tkazildi.
Forumning yalpi yig‘ilishida viloyat hokimligi, hamkor tashkilotlar va 700 nafardan ziyod pedagog qatnashdi.
Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, tizimda so‘nggi yillarda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida to‘xtalib, viloyatdagi 961 ta maktabda qariyb 533 ming o‘quvchiga 47 mingdan ziyod o‘qituvchi va murabbiy ta’lim-tarbiya berib kelayotgani hamda ularning 3 ming 547 nafari oliy toifali o‘qituvchi ekani, bu ko‘rsatkich so‘nggi yetti yilda qariyb to‘rt barobarga oshgani haqida alohida ta’kidlab o‘tdi.
Ma’lumki, so‘nggi yillarda yurtimizda yoshlarning sifatli ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun sharoit yaratish davlat siyosatining eng ustuvor vazifalaridan biriga aylandi.
[gallery-18853]
Qayd etilganidek, sohada olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida 2023/2024 o‘quv yilida viloyat maktabgacha ta’lim tizimida ham samarali ishlar amalga oshirildi.
Tadbir davomida ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan, sohani rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan faol, tashabbuskor va izlanuvchan o‘qituvchilar va maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Kunning ikkinchi yarmida ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda tarbiyachi-pedagoglarning roli, darsliklarda qo‘llanilgan ilg‘or metodikalar, tabiiy fanlarni o‘qitishda yangicha yondashuvlar, o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish, tadqiqotchilik, kommunikativlik, raqamli va media savodxonlik, muammolarni hal etish ko‘nikmalarini shakllantirish kabi yo‘nalishlarda mashg‘ulotlar olib borildi. Treninglarda 15 ta sho‘’bada 309 nafar o‘qituvchi ishtirok etdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/24Zi3axLC4g" title="Faol va tashabbuskor ustozlar taqdirlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat+video), O‘zA