Falastinning Ramallah tumanida otishma sodir bo‘ldi
Seshanba kuni Iordan daryosining G‘arbiy sohilidagi Ramallah tumanida otishma sodir bo‘ldi, deb xabar tarqatdi Isroil armiyasi matbuot xizmati.
«KAN» teleradiokompaniyasining xabar berishicha, gap falastinliklar bilan isroillik harbiylar o‘rtasida yuz bergan otishma haqida bormoqda. Isroil armiyasining ikki askari jarohat olgani ma’lum qilindi.