Falastin Al-Jazira efirini chekladi
Falastin ma’muriyati G‘arbiy Sohilda Qatarning “Al-Jazira” ko‘rsatuvlari uzatilishini to‘xtatdi, deb xabar berdi CNN.
Mashhur telekanal “tartibsizlik qo‘zg‘atuvchi va Falastinning ichki ishiga aralashuvchi” jamoa sifatida baholanib, “yallig‘langan materiallar” va “chalg‘ituvchi xabarlar” tarqatishda ayblanmoqda. Bu haqda chorshanba kuni Falastinning rasmiy “Wafa” axborot agentligi yozdi.
Huquqiy maqomi to‘g‘rilanmaguncha, “Al-Jazira” faoliyati tiklanmasligi ta’kidlangan.
O‘z navbatida, telekanal ushbu chorani qoralab, bu “bosib olingan hududlar, ayniqsa Jenin shahri va shu hududda joylashgan lagerdagi voqealar haqidagi haqiqatni yashirishga urinish” deb atadi.
– Mazkur qaror Falastin ma’muriyati homiyligidagi tashkilotlar tomonidan jurnalistlarimizga nisbatan davom etayotgan gij-gijlash va qo‘rqitish kampaniyasidan so‘ng qabul qilindi, – deyilgan bayonotda.
Telekanal rasmiylardan taqiqni bekor qilish va suratga olish guruhlariga mamlakatdagi voqealarni yoritishda davom etishiga ruxsat berishni talab qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil ham “Al-Jazira” telekanali efiri mamlakat bo‘ylab uzatilishini man etgan edi.