Fabritsio Romano: Messida hammasi joyida
Messi mundialda Argentina terma jamoasiga yordam bera oladi.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, Lionel Messida hech qanday jiddiy jarohat yo‘q.
"Lionel Messi o‘zini noqulay his qilgani rost, ammo o‘tkazilgan tekshiruv natijalari Leoda jahon chempionatidan oldin hech qanday jarohat yo‘q ekanini ko‘rsatmoqda. Messi mundialda Argentina terma jamoasiga yordam bera oladi", - dedi Romano.
Ma’lumot uchun, Messi "Filadelfiya Yunion"ga qarshi o‘yinni oyog‘idagi noqulayliklar sabab erta tark etgan edi.