Fabio Kannavaro boshqaruvidagi O'zbekiston terma jamoasi may oyidagi yig'inga chaqirilgan futbolchilar ro'yhatini e'lon qildi
Tarkibdan 40 nafar futbolchi joy olgan.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 6-26-may kunlari Toshkentda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazadi.
Milliy futbol markazida tashkil etiladigan yigʻin doirasida vakillarimiz Superliga klublariga qarshi yopiq nazorat uchrashuvlarini oʻtkazadi.
Fabio Kannavaro tomonidan mazkur yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning kengaytirilgan roʻyxati bilan tanishing.
