Evo Moroles: “Order meni qo‘rqitolmaydi“
Boliviya sobiq prezidenti Evo Moroles mamlakat bosh prokuraturasi tomonidan uni hibsga olish uchun berilgan order noqonuniy ekanligini ma’lum qildi, deyiladi “RIA Novosti“ xabarida.
Boliviya sobiq prezidenti Evo Moroles mamlakat bosh prokuraturasi tomonidan uni hibsga olish uchun berilgan order noqonuniy ekanligini ma’lum qildi, deyiladi “RIA Novosti“ xabarida.
Ma’lumot uchun, kecha, 19 dekabr kuni vaqtincha hukumatning ichki ishlar vaziri Arturo Murilo sobiq prezident bir necha ayblovlar bilan hibsga olinishi uchun order berilganini ma’lum qilgandi.
“Order meni qo‘rqitolmaydi. To hayot ekanman, ozod va mustaqil Boliviya uchun kurashda davom etaman”, deb yozadi Evo Morales Twitterdagi sahifasida.