E’tiborning katta-kichigi bo‘lmaydi
Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumani kenja tumanlardan biri hisoblanadi.
Bu tuman Markaziy Farg‘ona yerlarining Qiziltepa cho‘llari o‘rnida tashkil topgan. Mana 3-4 yildirki, Yozyovon dehqonchilikda qoloqlikdan chiqib, peshqadamlar qatoriga o‘tgan. Tuman mirishkorlari paxta, g‘alla va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish rejalarini ortig‘i bilan bajarayotir.
Bunday zafarli qadamlarni tashlashda tuman irrigatsiya bo‘limi bilan suv iste’molchilari uyushmasining hamkorlikdagi ishlari muhim o‘rin tutmoqda. Bu ikki jamoani bir-biridan ayro tasavvur etib bo‘lmaydi.
[gallery-5351]
Suvchilarning hamjihatlikda olib borgan ishlari, hamfikr va inoq faoliyat ko‘rsatishlarida uzoq yil tuman irrigatsiya bo‘limiga rahbarlik qilgan Arabjon Fozilovning xizmati katta bo‘lganini bu yerdagilar doim e’tirof etishadi.
– Pensiya yoshiga yetganimga uch yil bo‘ldi, - deydi Arabjon Fozilov. – Endi dam olay desam, ikki jamoa ham sira ko‘nmadi. Birga ishlaymiz, bizga o‘zingiz bosh-qosh bo‘lib yurasiz, deyishdi. Mashina sovg‘a qilishdi. Ochig‘i, buni kutmagandim. Bunday ehtirom va e’tibordan behad xursandman.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA