Eshkak eshuvchilarimiz Osiyo chempionatida ishtirok etmoqda
Tailandda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha U18 hamda U23 yosh toifalarida Osiyo chempionati boshlandi. Quvonarlisi, mazkur musobaqada O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 37 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda. Qit’a birinchiligining ilk kunida vakillarimiz quyidagi yo‘nalishlarda startga chiqadi:
1000 metr
U18, C-1: Asqar Hasanboyev
U18, K-1: Danila Kryukov
U18, K-1: Shahrizoda Mavlonova
U18, K-2: Shohruh Hasanov/Diyor Murodullayev
U23, C-1: Mirjalol Komilov
U23, K-1: Ozod Amriddinov
U23, K-1: Arina Tanatmisheva
U23, K-4: Samandar Haydarov/Begzod Murodov/Ozod Amriddinov/Yaroslav Slavgorodskiy
200 metr
U18, C-1: Muattarxon Kodirjonova
U18, K-1: Nikita Reynvald
U18, K-2: Nikita Reynvald/Danila Kryukov
U18, C-1: Shohjahon Muhammadiyev
U23, C-1: Shohsanam Sherzodova
U23, C-2: Honzoda Erkinova/Zarina Rustamova
U23, K-1: Darya Mishina
Osiyo chempionati 15 iyun kuni yakunlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA