Eshboyeva Surayyo Qaxramon qizining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishda kreativ yondashuvni takomillashtirish” mavzusida
Eshboyeva Surayyo Qaxramon qizining “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishda kreativ yondashuvni takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishining himoyasi Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Ped.78/03 raqamli ilmiy kengashning 2023-yil 2-iyun kuni soat 09:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 190111, Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi, 43-uy.
Tel.: (+99876) 221-74-55, faks: (+99876) 221-71-17
e-mail: termizdu@umail.uz