Eron urushining iqtisodiy oqibatlari, Saudiya aeroportiga hujumlar va KXDRning yangi raketasi
Bugungi “Xorij xabarlari” dasturida Eronga qarshi urush Markaziy Osiyo iqtisodiy o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi, Pokistonda yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketib, to‘rt kishi halok bo‘lgani, Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Saudiya Arabistoni aeroportiga qilingan hujumlarni qoralagani hamda Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inga AQSH hududigacha yetib borishi mumkin bo‘lgan qit’alararo ballistik raketa namoyish etilgani haqida so‘z boradi.
Shuningdek, Litva bosh vazirining Rossiyadagi ma’lumotlar markazlariga zarba berish haqidagi taklifi, Markaziy Afrika Respublikasi maktablarida rus tili o‘qitilishi, shuningdek, KXDRning Janubiy Koreya tibbiy yordam taklifini rad etgani haqidagi xabarlar ham dasturimizdan o‘rin olgan.
Nozimbek Mardonov,
Oybek Davronov. O‘zA