Eron sohilida harbiy kema cho‘kib ketdi
Eronning janubiy qismida mamlakat harbiy dengiz kuchlariga qarashli kemada yong‘in chiqqani aytilmoqda.
Ta’kidlanishicha, yong‘in chiqqan harbiy kema cho‘kib ketgan.
RIA Novosti agentligining xabar berishicha, hozircha kema halokatidan qurbonlar bor yoki yo‘qligi ma’lum qilinmagan.