Eron MAGATE bilan hamkorlikni cheklaydi
Eron parlamentida mamlakatning Xalqaro atom energiyasi agentligi – MAGATE bilan hamkorligini cheklashni talab qilindi.
“MAGATE o‘z majburiyatlarini bajarishi uchun uch oy muddat bor edi, shu muddat tugadi”, dedi majlis raisi Muhammad Bag‘ir G‘olibaf.
“Tashkilotning Eron yadroviy ob’ektlaridan suratlar va ma’lumotlar olishi taqiqlanadi”, dedi u.
“Doyche Velle” xabariga ko‘ra, tahlilchilar 18 iyunda bo‘luvchi prezidentlik saylovi oldidan ichki siyosiy kurash bilan izohlamoqda.
Ayni paytda prezident Hasan Ruhoniy tegrasidagi ma’lum kuchlar bunday taktikani keskin qoralamoqda.
Ruhoniyning o‘zi muzokaralar natijasida amerikaliklarning sanksiyalari bekor qilinishi va mamlakat iqtisodiy tanazzuldan chiqishi mumkinligini aytgan.