Erkin kurashchilarimiz bahslarni boshladi
Hindistonning Nyu-Dehli shahrida sport kurashlari boʻyicha Osiyo chempionatida erkin kurash bahslariga start berildi.
Hindistonning Nyu-Dehli shahrida sport kurashlari boʻyicha Osiyo chempionatida erkin kurash bahslariga start berildi.
Bugun, 22-fevral kuni 5 nafar polvonimiz medallar uchun gilamga chiqadi:
-57 kg: Sardor Roʻzimov – Gamal Alsabri (Yaman)
-65 kg: Abbos Rahmonov – Putavan Senavat (Tailand)
-70 kg: Ilyas Bekbulatov – Islambek Orozbekov (Qirgʻiziston)/Abdulrahman Ibrahim (Qatar)
-79 kg: Suhrob Sharipov – Ali Savaduhi (Eron)
-97 kg: Maqsud Veysalov – Alisher Yergali (Qozogʻiston).
Eslatib oʻtamiz, musobaqaning yunon-rum kurashi bahslarida Oʻzbekiston terma jamoasi 1 oltin, 2 kumush 3 bronza, ayollar kurashi boʻyicha esa 2 ta bronza medaliga sazovor boʻlgan.