Erjan Engin: Oʻzbekistonning energetika sohasini isloh qilish salohiyatli investorlarda katta qiziqish uygʻotmoqda
Energetika vazirligida shu yilning “Enpetrol Enerji” xalqaro kompaniyasi raisi Erjan Engin rahbarligidagi delegatsiya bilan muzokaralar oʻtkazildi.
Energetika vazirligida shu yilning “Enpetrol Enerji” xalqaro kompaniyasi raisi Erjan Engin rahbarligidagi delegatsiya bilan muzokaralar oʻtkazildi.
Uchrashuvda vazirning birinchi oʻrinbosari Joʻrabek Mirzamahmudov boshchiligidagi Energetika vazirligi vakillari mehmonlarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni, energetika, neft-gaz va kimyo sohasidagi istiqbolli loyihalar bilan tanishtirdi. Ular orasida xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan yangi generatsiya qilinuvchi quvvatlarni barpo etish boʻyicha tayyorgarlik bosqichidagi loyihalar ham bor.
Erjan Engin taʼkidlaganidek, Oʻzbekistonning energetika tarmogʻini isloh qilish jarayoni salohiyatli investorlarda katta qiziqish uygʻotmoqda.
Muzokaralar natijasi boʻyicha tomonlar oʻrtasida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida hamkorlik qilish imkoniyatlarini batafsil oʻrganib chiqish uchun “Enpetrol Enerji” kompaniyasiga zarur maʼlumotlarni taqdim etish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Maʼlumot oʻrnida, “Enpetrol Enerji” – bu xalqaro injiniring, ishlab chiqarish va qurilish kompaniyasi boʻlib, u energetika, neft-gaz, neft va neft-kimyo sanoati sohasidagi loyihalarga, shuningdek sanoat obyektlari qurilishiga ixtisoslashgan.
Energetika vazirligi matbuot xizmati