Erdog‘an Misrning Makka kelishuviga qo‘shilish imkoniyatiga baho berdi
Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston tomonidan imzolangan Makka qo‘shma mudofaa kelishuvi kelajakda Misr va boshqa davlatlar ham qo‘shilishini nazarda tutadi. Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an “Al Jazeera” telekanaliga bergan intervyusida shu fikrni bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy sharti imzolovchilardan biriga qarshi tajovuz bo‘lgan taqdirda birlashgan harakatni ifodalovchi mazkur hujjat “butun dunyoga muhim ogohlantirish yuboradi”.
Shuningdek, yetakchi Anqara Hurmuz bo‘g‘ozida yuk tashishni qayta tiklashga ustuvor ahamiyat berishi, chunki hudud yopilishi hech bir tomon manfaatiga mos kelmasligini ta’kidladi.
Erdog‘an Turkiyaning Suriya, G‘azo va Livan bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha qarashiga ham oydinlik kiritdi:
– Anqara Damashqni yolg‘iz qoldirmaydi, mamlakatni qayta tiklash uchun barcha sa’y-harakatni qiladi.
U yaqinda Suriyaga borishini ham qo‘shimcha qildi.
S.Rahimov, O‘zA