“Erasmus+” dasturlari doirasidagi qo‘shma tashabbuslarni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi
Italiyada “Erasmus+ “SPHERE – Sustainable Transportation within the Framework of Green Deal” xalqaro loyihasi doirasida navbatdagi ishchi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishlar davomida “yashil iqtisodiyot” tamoyillari asosida transport sohasi uchun zamonaviy va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ta’lim dasturlarini modernizatsiya qilish, akademik mobillikni kengaytirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, loyihaning amalga oshirilgan ishlari tahlil qilinib, kelgusi bosqichlardagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Xususan, barqaror transport sohasida bakalavr va magistratura ta’lim dasturlarini joriy etish, qo‘shma dasturlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish, talabalar amaliyotini tashkil etish hamda ta’lim sifatini baholash mexanizmlarini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tadbir doirasida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, tajriba almashish va “Erasmus+” dasturlari doirasidagi qo‘shma tashabbuslarni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA