Epik kuychi obrazining badiiy-estetik talqini
Nasim Kamolovich OCHILOV dotsent filologiya fanlari doktori (DSc) Qarshi davlat universiteti Qarshi, O‘zbekiston
Annotatsiya
Maqolada o‘zbek xalq romanik dostoni “Ollonazar Olchinbek” haqida fikr yuritilib, unda epik kuychi obrazining badiiy talqini, syujet, motiv va obrazlar genezisi, evolyutsiyasi va g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etilgan. Shuningdek, dostonning umumo‘zbek dostonchilik maktabi baxshilari repertuaridagi o‘rni, variantlari, ijro etilishi, epik an’anadagi ahamiyati, syujet va kompozitsiyasi, til xususiyatlariga alohida e’tibor qaratilgan.
Tayanch so‘zlar: doston, do‘mbira, epik an’ana, baxshi, variant, obraz, syujet va kompozitsiya, mifopoetik, genezis, badiiy talqin.