Enter Engineering Pte. Ltd. oʻzining muassasalaridan birida sodir boʻlgan voqea haqida maʼlumot berdi
Bugun, 21-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Enter Engineering kompaniyasi ishchilari aks etgan video eʼlon qilindi.
Bugun, 21-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Enter Engineering kompaniyasi ishchilari aks etgan video eʼlon qilindi.
Videoda kompaniyaning Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanidagi obyektlaridan birida ishchi-xodimlar tomonidan norozilik uyushtirilib kompaniya mulkiga zarar yetkazilgan.
Hodisa 21-oktyabr kuni ertalab soat 7:30da ishchilar uchun moʻljallangan oshxonadagi monoblok tizimidagi (elektron kirish tizimi) texnik nosozlik sodir boʻlgan, oqibatda ular kundalik ovqatlanishga kira olmagan. Bu esa katta norozilik keltirib chiqargan, deyiladi Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi saytida eʼlon qilingan xabarda.
Ishchilarning noroziligi bosh pudratchilar (Enter Engineering, Hyundai Engineering) shu jumladan Buyurtmachi (Uzbekistan GTL) ofis binolarining deraza oynalari, ofis jihozlarini sindirish, shuningdek, boshqa vaqtinchalik bino va inshootlar (oshxona, omborlar, nazorat punktlari va boshqalar) buzilishiga olib keldi.
Ertalab soat 9:00 dan boshlab qurilish maydonida vaziyat barqarorlashdi va ommaviy ish tashlash toʻxtatildi. Hozirda “Uzbekistan GTL” mutaxassislari qurilish maydonchasidagi buzilishlar va keltirilgan zararlar miqdori tekshirilib, tizimdagi nosozliklar bartaraf etilmoqda.
Ayni paytda, texnik xodimlar ishchi guruhi monoblok tizimidagi nosozlikni tuzatmoqda. Energetika vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Enter Engineering Pte. Ltd” rahbariyati tafsilotlarini bilish va kelajakda shunga oʻxshash hodisalarning oldini olish uchun voqea joyiga uchib ketdi.