Eng yaxshi tarbiyachilar saralandi
«Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2025» tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Termiz shahridagi Yoshlar markazida o‘tkazilgan tadbirda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Husniddin Mamadiyev ishtirokchilarni samimiy qutlab, tanlovning asosiy maqsadi, mohiyati hamda ahamiyati haqida so‘zladi. Boshlang‘ich ta’limda sifat o‘zgarishlarini amalga oshirish uchun tizimda tajribali, salohiyatli, o‘z kasbining fidoyisi bo‘lgan kadrlar safini kengaytirish ayni zarurat ekaniga urg‘u berdi.
[gallery-22997]
Ishtirokchilar «Yilning eng fidokor tarbiyachisi», «Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachisi» kabi 6 ta yo‘nalishda o‘z mahoratini namoyish etdi.
Hakamlar tomonidan munosib ko‘rilgan nomzodlar tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA