Eng sara polvonlar g‘olib bo‘ldi
Xorazmda 1999-2000-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida belbog‘li kurash bo‘yicha mamlakat chempionati bo‘lib o‘tdi.
Xorazmda 1999-2000-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida belbog‘li kurash bo‘yicha mamlakat chempionati bo‘lib o‘tdi.Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 250 dan ziyod yosh polvon g‘oliblik uchun gilamga chiqdi.
Prezidentimiz rahnamoligida sport, ayniqsa, bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida belbog‘li kurash ham jadal ommalashmoqda.
– Yoshlar orasida belbog‘li kurashga qiziqish tobora ortmoqda, – deydi belbog‘li kurash bo‘yicha Xorazm viloyati terma jamoasi bosh murabbiyi Bekbergan Boltayev. – Bunda mamlakatimizda milliy sport turlariga qaratilayotgan yuksak e’tibor, yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar muhim omil bo‘layotir. Xorazmlik yosh sportchilar bu yilgi sport musobaqalari mavsumini omadli boshladi. Mazkur musobaqaning o‘zida ular 1 oltin, 3 kumush va 7 bronza medalini qo‘lga kiritgani ham fikrimiz dalilidir.
Musobaqada turli vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ularga diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.