Eng namunali oilalar aniqlandi
Navoiy viloyati IIB tizimida xizmat qilayotgan xodimlar va ularning oilalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, namunali oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish maqsadida “Namunali oila” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat IIBning tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalaridan jami 8 ta oila ishtirok etdi.

Ko‘rik-tanlov shartlarini bajarish davomida ishtirokchilar va ularning oila a’zolari o‘z iste’dod hamda qobiliyatini namoyish etdi. Qizg‘in bahs va munozaralarga boy tarzda o‘tgan tanlovda Navoiy viloyati IIB JXX JTSB PPXB muhandisi katta serjant Farrux Elmurodov oilasi 1-o‘rinni egallab, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.


Tanlovda ishtirok etgan oilalar, boshqarma rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi. Tadbirda IIV Madaniyat saroyi ansamblining so‘z ustalari hamda xushovoz xonandalarning chiqishlari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
A.Bo‘riyev, O‘zA