Eng munosiblar gʻolib boʻldi
Gʻoliblar qimmatbaho sovgʻalar va diplomlar bilan taqdirlanib, koʻrik-tanlovning mudofaa vazirligi qoʻshinlari miqiyosida oʻtkaziladigan final bosqichida ishtirok etish uchun yoʻllanma oldi.
Termiz shahrida mustaqilligimizning 29 yillik bayramiga bagʻishlab Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida “Sen-qudrat manbai, saodat maskani, jonajon Oʻzbekistonim!”shiori ostida oʻtkazilayotgan “Yagonasan muqaddas Vatan” va “Eng yaxshi kitobxon harbiy oila” koʻrik-tanlovlarining Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug bosqichi boʻlib oʻtdi.
Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatidagi harbiy qism hamda muassasalar harbiy xizmatchilari va ularning oila azolari ishtirok etgan tanlovda ularning har bir chiqishini harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Jamoatchilik Kengashining mintaqaviy boʻlinmasi, Termiz harbiy prokuraturasi, Surxondaryo viloyati madaniyat boshqarmasi, viloyat maʼnaviyat-maʼrifat markazi hamda Surxondaryo viloyati yozuvchilar uyushmasi mutaxasislaridan iborat hayʼat aʼzolari nizom talablariga muvofiq baholab bordi.

Qiziqarli bahslarga boy boʻlgan har ikkala tanlovda ham gʻoliblar aniqlanib,munosib ragʻbatlantirildi. Xususan, “Yagonasan muqaddas Vatan” koʻrik-tanlovida Qashqadaryo viloyati Nuriston garnizoni harbiy xizmatchilari, oddiy askar Hakim Xikmatov, Farrux Musulmonov va Salohiddin Oʻsarovlar fahrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Ikkinchi oʻrin Buxoro garnizoni harbiy qism harbiy xizmatchisi kichik serjant Jonibek Jumaniyazov va uning farzandi Gulsanam Mamatovaga nasib etdi. Surxondaryo viloyati Sariosiyo garnizoni harbiy xizmatchisi II darajali serjant Xusniddin Ulugʻov uchinchi oʻrinni egalladi.

“Eng yaxshi kitobxon harbiy oila” koʻrik-tanlovida birinchi oʻrinni Surxondaryo viloyati Termiz garnizoni harbiy xizmatchisi Elyor Toʻrayevlar oilasi, ikkinchi oʻrinni Surxondaryo viloyati Sariosiyo garnizoni harbiy xizmatchisi serjant Bahrom Mamatovlar oilasi ыщlga kiritdi.
Gʻoliblar qimmatbaho sovgʻalar va diplomlar bilan taqdirlanib, koʻrik-tanlovning mudofaa vazirligi qoʻshinlari miqiyosida oʻtkaziladigan final bosqichida ishtirok etish uchun yoʻllanma oldi.