Eng munosib yigitlar xizmatga kuzatildi
Samarqand viloyat mudofaa ishlari boshqarmasida bu yilgi chaqiruv mavsumida muddatli harbiy xizmatga olingan bir guruh yigitlarni kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat hokimligi va Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi rahbariyati, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ota-onalar ishtirok etdi.
[gallery-22157]
Marosimda so‘zga chiqqanlar mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining salohiyatini oshirish, harbiy xizmatchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratib, bugun xizmatga otlanayotgan bo‘lajak askarlarga oq yo‘l tiladi.
– Bu yil viloyatimizda muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni tanlovdan o‘tkazish jarayoni har qachongidan qizg‘in o‘tdi, – deydi viloyat mudofaaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i Burxon Quvvatov. – Avvalo, yigitlarni saralash tanlov jarayonlari yuqori saviyada va, eng asosiysi, shaffof o‘tkazilishiga alohida e’tibor qaratildi. Natijada chaqiriluvchilar orasidan har tomonlama sog‘lom, jasur yigitlar saralanib, muddatli harbiy xizmatga tavsiya qilindi.
Egniga harbiy libos kiyib, allaqachon askarlik ruhini his qilib turgan yurt o‘g‘lonlariga kitob va boshqa esdalik sovg‘alari berildi.
Chegara qo‘shinlarida harbiy xizmatga qabul qilingan yoshlar belgilangan manzillarga kuzatildi.
G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari