Eng kuchli bokschilar aniqlandi
Toshkentdagi “Universal” sport saroyida oʻsmirlar oʻrtasida boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻz yakuniga yetdi.
Toshkentdagi “Universal” sport saroyida oʻsmirlar oʻrtasida boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻz yakuniga yetdi.
Musobaqada umidli sportchilarimiz 15 vazn toifasida raqobatlashdi.
Oʻzbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi va mamlakatimiz boks federatsiyasi tomonidan oʻtkazilgan chempionatda Mirali Mavlonov, Sunnat Yoqubov, Hojiakbar Mahmudov, Xurshid Avazov, Abdulloh Madaminov, Umidullo Abdurasulov, Daler Bozorov, Jahonmurod Imomaliyev, Asliddin Boboyev, Fazliddin Erkinboyev, Muhammadsobir Alovuddinov, Rahmatullo Boymatov, Samandar Jalolov, Abdulhofiz Muhammadinov va Mirzajon Ahmedov oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni 3 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medallarini jamgʻargan Toshkent shahri jamoasi egalladi. Kuchli uchlikdan esa Namangan va Andijon viloyatlari bokschilari joy oldi. Buxorolik Daler Bozorov esa musobaqaning eng yaxshi sportchisi deb topildi.
– 75 kg vazn toifasida barcha raqiblarimni yengib, mamlakat chempioni boʻlganimdan xursandman, – dedi Samandar Jalolov. – Musobaqa davomida har bir jang men uchun ogʻir oʻtdi. Biroq, murabbiylarimning oʻz vaqtida bergan toʻgʻri koʻrsatmalari sabab gʻolib boʻldim.