Energiya manbalarini tejash kundalik vazifa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash borasida Buxoro viloyati Vobkent tumanida ham manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tumandagi ijtimoiy soha ob’ektlari va davlat idoralarida 0,8 MVt quvvatga teng bo‘lgan yuzdan ziyod ob’ektga kichik quvvatli quyosh panellari hamda 3,8 ming litr hajmli geliokollektorni o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.
Bugunga kelib hududda ijtimoiy soha ob’ektlari va davlat idoralarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish rejasiga muvofiq yana 70 dan ortiq ijtimoiy soha inshooti va davlat idorasida 0,401 MVt kichik quvvatli quyosh paneli hamda 6,40 ming litr hajmdagi geliokollektorlar o‘rnatilgani aholini mamnun etmoqda.

Yil davomida hududdagi 70 dan ziyod tadbirkorlik sub’ektiga 1,3 MVt quvvatli quyosh paneli o‘rnatildi. Mahalliy tadbirkorlar hisobidan 1 ta 4 MVt quvvatli kichik fotoelektr stansiyasini qurish maqsad qilingan. Bu boradagi ishlar davom ettirilib, tadbirkorlik sub’ektlariga 0,079 MVt kichik quvvatli quyosh paneli o‘rnatilmoqda.


Vobkent tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi binosini uzluksiz ravishda elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 20 kVt soat quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatilgani tarmoq moddiy-texnik imkoniyatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.