«EMIT-SOLUTION» MCHJ aksiyadorlik jamiyatiga aylanadi
«EMIT-SOLUTION» MCHJ mas’uliyati cheklangan jamiyatdan aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilgan holda qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qarorini e’lon qiladi.
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-noyabrdagi “Raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste’molchilari huquqlarini himoya qilish va raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish choralari to‘g‘risida"gi qarorida belgilangan to‘lov tashkilotlari faoliyatiga qo‘yiladigan yangi talablar munosabati bilan qabul qilindi.

«EMIT-SOLUTION» MCHJ aksiyadorlik jamiyati maqomiga o‘tish munosabati bilan barcha manfaatdor shaxslarni kreditorlar tomonidan yozma talablar qo‘yilishi mumkinligi to‘g‘risida xabardor qiladi. Yozma talablar Toshkent sh., Yunusobod tumani, Bodomzor yo‘li ko‘chasi, 1-o‘tish joyi, 85-bino manziliga yuborilishi lozim.
Biz hamkorlarimiz va mijozlarimiz bilan shaffof va ochiq muloqotga intilamiz hamda ushbu qarorimiz ko‘rsatilayotgan xizmatlarimiz sifatini yaxshilashiga va bozordagi o‘rnimizni mustahkamlashiga ishonamiz.
Reklama asosida