Elektr ta’minoti uzluksizligi ta’minlanmoqda
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyatida aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, tizimda mavjud muammolarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Angor tuman elektr ta’minoti” korxonasi xodimlari tomonidan 5 ta mahalla – Gilambob, Hamkon, Qo‘shtegirmon, Do‘stlik, Sharqguli og‘ir hudud sifatida tanlab olingan edi. Hamkon mahallasida aholi va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlash maqsadida 20 dona yangi temir beton ustun o‘rnatilib, 800 metr yangi havo elektr uzatish tarmog‘i tortilib, mavjud 2 ta, quvvati 250 va 160 kVA bo‘lgan transformator punkti ta’mirlandi. Shuningdek, yuqorida ko‘rsatilgan mahallalarda turli quvvatdagi 5 ta transformator punktlarida ta’mirlash ishlari yakunlanib, 30 dan ortiq yangi temir beton ustunlari o‘rnatildi.
“Muzrabot tuman elektr ta’minoti” korxonasi tomonidan esa “Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla” dasturi doirasida Yakkatol mahallasidagi iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida quvvati 250 kVA bo‘lgan transformator punkti o‘rniga yangi 630 kVA bo‘lgan transformator punkti, 60 dona yangi temir-beton ustun va 3 kilometr yangi havo elektr uzatish tarmog‘i tortildi. Bundan tashqari, Nurli hayot mahallasida rejaga asosan, 28 dona temir-beton ustun o‘rnatilib, 1,5 kilometr havo elektr uzatish tarmog‘ini tortish rejalashtirilgan.
[gallery-17360]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA