Elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 30,6 milliard kVt⋅soatdan oshdi
Energetika sohasida mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini hamda aholi, sanoat tarmoqlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar izchil davom etmoqda.
Energetika vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 2026-yilning yanvar-aprel oylari yakunlariga asosan respublikada elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 30 milliard 653,5 million kVt⋅soatni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan1 milliard 793 million kVt⋅soat yoki 6,2 foizdir.
Ishlab chiqarish hajmlarining oshishi bilan bir qatorda ichki iste’mol ko‘rsatkichlarida ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Mazkur davrda respublika iste’molchilariga jami 29 milliard 517 million kVt⋅soat elektr energiyasi yetkazib berildi. Bu esa 2025-yilning shu davriga nisbatan 1,3 milliard kVt⋅soatga ko‘p, ya’ni 4,6 foiz o‘sishni tashkil etadi.
Umuman olganda, keltirilgan ko‘rsatkichlar mamlakat energetika tizimida ishlab chiqarish va iste’mol o‘rtasida muvozanat ta’minlanayotgani hamda tarmoqda barqaror o‘sish tendensiyasi davom etayotganini yaqqol namoyon etmoqda.
N.Ziyodullayeva, O‘zA