Eldor Shomurodovning jarohati jiddiy emas
"Jenoa” futbol klubining rasmiy sayti hamyurtimiz Eldor Shomurodov jarohatlangani haqida xabar tarqatdi.
"Jenoa” futbol klubining rasmiy sayti hamyurtimiz Eldor Shomurodov jarohatlangani haqida xabar tarqatdi.
Futbolchimiz oʻng sonidan jarohat olgan.
Shu sababli Eldor Italiya kubogi doirasida “Katandzaro” jamoasiga qarshi oʻtkazilgan uchrashuvga qoʻyilmagan. Mutaxassislar aytishicha, jarohat jiddiy emas, biroq Eldor toʻliq tuzalmaguncha maydonga tusha olmaydi. Bu xujumchimiz 1-noyabr kuni “Sampdoriya” va 4-noyabrda “Torino”ga qarshi oʻtadigan uchrashuvlarni oʻtkazib yuborishi mumkin degani.
Maʼlumotlarga koʻra, Eldor Shomurodov 8-noyabr kuni “Roma”ga qarshi oʻtkaziladigan oʻyingacha jarohatidan tiklanib oladi.
Eslatib oʻtamiz, E.Shomurodov soʻnggi bor “Jenoa” tarkibida Italiya A seriyasining 5-turida ”Inter"ga qarshi oʻtgan oʻyinda maydonga tushgan.
Eslatib oʻtamiz, E.Shomurodov soʻnggi bor “Jenoa” tarkibida Italiya A seriyasining 5-turida ”Inter"ga qarshi oʻtgan oʻyinda maydonga tushgan.