Elbek Sultonov – bronza medal sohibi!
Paralimpiya o‘yinlarining to‘rtinchi kungi bahslariga ham start berildi.
Hozirgina para yengil atletikaning F12 klassida yadro uloqtirish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida final bellashuvi yakunlandi. Quvonarlisi, unda hamyurtimiz Elbek Sultonov bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Elbek 15.94 metr natija qayd etdi.
Ushbu natijadan so‘ng O‘zbekiston sport delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 4 taga yetdi: 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA