El boshiga ish tushganda
Surxondaryo viloyati IIB xodimlari birinchilardan boʻlib homiylik xayriyasini topshirdi.
Surxondaryo viloyati IIB xodimlari birinchilardan boʻlib homiylik xayriyasini topshirdi.
Angor tumanida jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatuvchi Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi tashkil etildi.

Unga davlat va jamoat tashkilotlari, tadbirkorlar va sahovatpesha insonlar tomonidan topshirilgan oziq-ovqat mahsulotlari, antseptik vositalar, himoya niqoblari va boshqa birlamchi zarur mollar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi koʻrikdan oʻtkaziladi. Endilikda tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tavsiyasi asosida bu mahsulotlarni karantin talablariga qatʼiy rioya qilgan holda hududda yashayotgan, yoshi ulugʻ, nochor, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor kam taʼminlangan oilalarga jamoatchilik asosida xizmat koʻrsatuvchi koʻngillilar yetkazib beradi.
Shu kuni markazga ilk homiylik xayriyasi qabul qilindi. Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Abduvohid Ismoilov un, yogʻ, goʻsht va boshqa roʻzgʻor uchun kerakli oziq-ovqat mahsulotlarini topshirdi.

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish yuzasidan keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgan bir paytda viloyat ichki ishlar organlari xodimlari “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga bir kunlik ish haqlarini ham oʻtkazib berdi.