Ekvadorda prezident saylovi bo‘lib o‘tdi
Konservativ ishbilarmon Gilermo Lasso Ekvadorning yangi prezidenti bo‘lishi arafasida turibdi. Mamlakat saylov kengashining xabar berishicha, u 53 foiz ovoz olishga muvaffaq bo‘lgan.
U erkin bozor siyosati va Ekvadorning xalqaro tashkilotlar bilan yaqinlashishini qo‘llab-quvvatlab kelayotgan edi.
Qolaversa, bo‘lajak rahbar eng kam ish haqini 500 dollarga ko‘tarishni, yoshlar va ayollarni mehnat bozoriga ko‘proq jalb qilish yo‘llarini topishni va qishloq xo‘jaligi uskunalari uchun tariflarni bekor qilish tashabbusini ilgari surgan.