Ekvadorda kuchli zilzila ro‘y berdi
Ekvadorning shimoliy qismida Guayakil shahrida 6 balli yer silkinishi kuzatildi, deb xabar tarqatdi mamlakat geofizika instituti.
"Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 17:30dan o‘tganda ro‘y bergan. Uning kuchi 6,0 ballga teng bo‘lib, o‘chog‘i Simon Bolivar, Guayas ma’muriyatidan 12,59 kilometr uzoqlikda qayd etildi", – deyiladi institut tarqatgan xabarda.
Mahalliy nashrlarning yozishicha, zilzila kuchi Guayakil, poytaxt Kito, Santo-Domingo, Ambato, Sigchos va Kuenka shaharlarida ham sezilgan.
Jabrlanganlar, qurbonlar yoki vayronagarchiliklar haqida ma’lum qilinmadi, deyiladi xabarda.