Ekologiya masalasi xalqaro kuzatuvchilar diqqat markazida
O‘zbekistonda ekologik barqarorlikni ta’minlash, o‘rmonlar maydonini kengaytirish hamda “yashil iqtisodiyot”ga bosqichma-bosqich o‘tish yo‘nalishida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
BMTning O‘rmonlar bo‘yicha forumi raisi Ismoil Belenning ta’kidlashicha, hozirgi kunda o‘rmonlar mamlakat hududining qariyb 10 foizini tashkil etadi. Bu esa kelgusida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish va qo‘shimcha investitsiyalarni jalb etish zarurligini ko‘rsatadi.
Shu nuqtai nazardan, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil макон” umummilliy loyihasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur tashabbus doirasida yaqin yillarda o‘rmonlar ulushini 15 foizga yetkazish maqsad qilingan.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/33ztjcNn5dA" title="Ekologiya masalasi xalqaro kuzatuvchilar diqqat markazida" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA