Ehtiyojmand oilalarning tomi yopib berildi
Aholining ehtiyojmand qatlamini doimiy qo‘llab-quvvatlash bugun ustuvor vazifalardan biriga aylangan. Shu maqsadda joylarda “Mahalla” xayriya jamoat fondi qoshida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari tashkil etilgan. Ushbu jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ko‘plab kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillarining mushkullari oson qilinib, muammolariga yechim topilmoqda.
Xususan, yaqinda Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida joylashgan “Baxt” va “Xushali” mahallalarida yashovchi ikkita ehtiyojmand oila xonadonlari tom qismi “Mahalla” xayriya jamoat fondi qoshidagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan shifer qoplamasi bilan yopib berildi.


E’tibor va g‘amxo‘rlikdan xursand bo‘lgan oilalar vakillari minnatdorchilik bildirdi.
O‘lmas Barotov, O‘zA.