Ehtiyojmand oilalarga un tarqatildi
Davlatimiz rahbarining joriy yil 25 maydagi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham keng ko‘lamli xayriya tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Jumladan, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi tomonidan “Temir daftar”ga kiritilgan hamda mazkur qarorga asosan bir martalik moddiy yordam pullarini olmagan ehtiyojmand oilalarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bepul un tarqatilmoqda.

Nukus tumanida o‘tkazilgan tadbirda 10 ta ehtiyojmand oilaning 27 nafar a’zosining har biriga 20 kilogramman bepul un berildi. Bunday tadbirlar Orolbo‘yining boshqa tumanlarida ham o‘tkazilmoqda.
O‘zA