“Eco Fruits” va “Soft goʻsht” savdo markazlari faoliyat boshladi
FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tumanidagi Axsikent mahallasida tadbirkorlar tashabbusi bilan yangi savdo markazlari ishga tushirildi.
Tadbirkor Bunyod Yoqubov tomonidan tashkil etilgan “Eco Fruits” markazida 300 dan ortiq turdagi sarxil mevalar aholiga taklif etilmoqda. Bu orqali 12 kishi ishli bo‘ldi.
[gallery-29956]
Shuningdek, mazkur hududda tadbirkor Fayzulla Egamberdiyev asos solgan “Soft goʻsht” markazi ham o‘z faoliyatini boshlashi bilan 20 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Bu hududdagi mazkur tarmoqning 5-filiali hisoblanadi. Loyiha doirasida yil yakuniga qadar yana 12 ta filial tashkil etilishi va 200 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA