“E-auksion” elektron savdo platformasining 4 yillik faoliyati natijalari
“E-auksion” elektron savdo platformasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi qaroriga asosan tashkil etilgan edi. O‘sha paytda tizim oldiga faqatgina 1 turdagi auksion savdolarini o‘tkazish vazifasi qo‘yilgan.
bugungi kunga kelib ochiq va shaffof tizim bo‘lganligi uchun platforma orqali 16 turdagi mulklar savdosi o‘tkazilmoqda.

Shu o‘rinda raqamlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, tashkil etilganining dastlabki yilida 500 dan ortiq savdolar bo‘lib o‘tgan. Xalqimiz ishonchi sabab 2020 yilga kelib ushbu son bir yilda 24 mingni tashkil etdi. 2021 yilning 5 oyi davomida esa 12 mingdan ortiq auksionlar o‘tkazildi.

Yildan yilga platforma orqali auksion savdolarida ishtirok etishning takomillashib borishi, mulk turlarining ko‘payishi natijasida ro‘yxatdan o‘tganlar soni ham bir necha baravarga oshdi. Misol uchun, 2017 yilda ro‘yxatdan o‘tganlar soni 5,6 ming nafarni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ro‘yxatdan o‘tganlar soni 23 baravarga oshib, 129 ming nafarni tashkil etmoqda.

Ushbu raqamlar elektron hukumat tizimining bir qismi bo‘lgan platforma faoliyati to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganini ko‘rsatadi. Tizim orqali barcha turdagi xizmatlarning elektron shaklga o‘tkazilgani aholi, ayniqsa tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Hozirda ro‘yxatdan o‘tishdan tortib, bayonnoma olishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar onlayn tarzda amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 24 iyulida “Onlayn-auksionni o‘tkazish tartibini soddalashtirish, uning shaffofligini oshirish hamda ishtirokchilar huquqlarining ishonchli himoyasini kafolatlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-5197-son) qabul qilindi. Unga ko‘ra:
- auksionda ishtirok etuvchilar soni va auksion jarayonini onlayn rejimda kuzatib borish imkoniyati yaratiladi;
- ishtirok etuvchilar soni va auksion jarayonini onlayn rejimda kuzatib borish imkoniyati yaratiladi;
- auksionda qatnashish uchun ERI kaliti Markaz tomonidan onlayn tarzda, bepul berilishi belgilandi;
- o‘z mulkini onlayn auksion orqali sotish istagida bo‘lgan buyurtmachilarning mulklarini savdoga chiqarish uchun yig‘im (BHMning 2 baravari miqdoridagi) bekor qilindi.
Bundan tashqari, g‘olib to‘lagan pul mablag‘lari ob’ekt qabul qilinganligini tasdiqlaganidan so‘ng buyurtmachi hisob-raqamiga o‘tkazilishi tartibi joriy etilishi qayd etildi.
Onlayn auksionlarda ishtirok etib davlat aktivlari, yer uchastkalarini sotib oling!
“Elektron onlayn auksionlarni
tashkil etish markazi”
PR-xizmati