Dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisida bellashadi
Joriy yilning 29-31 mart kunlari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida dzyudo boʻyicha anʼanaviy Gran-pri xalqaro turniri boʻlib oʻtadi
Joriy yilning 29-31 mart kunlari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida dzyudo boʻyicha anʼanaviy Gran-pri xalqaro turniri boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi, deb xabar beradi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.
Gran-pri turnirida 55ta davlatdan 452 nafar (252 nafar erkak, 200 nafar ayol) dzyudo ustalari ishtirok etadigan musobaqada yurtimiz sharafini 7 nafar polvon himoya qiladi. Ushbu turnirning ahamiyatli jihati, unda jahonning yetakchi dzyudochilari nafaqat medallar, balki Tokio-2020 olimpiadasi uchun qimmatli boʻlgan reyting ochkolari uchun ham bahs olib boradi.
Tbilisi Gran-prisiga terma jamoamiz quyidagi tarkibda yoʻl oladi:
- 60 kg: Diyorbek Oʻrozboyev, Sharofiddin Lutfullayev
- 73 kg: Hikmatilla Toʻrayev
- 81 kg: Kamoliddin Rasulov
- 90 kg: Yahyo Imomov, Davlat Bobonov
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov