Dzyudochilar Bayrut bahslariga tayyorlanmoqda
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo-Okeaniya chempionatiga hozirlik ko‘rmoqda. Joriy yilning 4-5 dekabrida Livan poytaxti Bayrut shahrida o‘tadigan mazkur chempionatda mamlakatimiz dzyudochilari to‘liq tarkib bilan qatnashishi kutilmoqda.
Shu kunlarda terma jamoamiz a’zolari O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi sport majmuasida chempionat oldidan o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarda ishtirok etishmoqda.

Bugungacha ushbu musobaqada ishtirok etish uchun 16 ta davlat terma jamoalari talabnomalarni taqdim etgan. Chempionat o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida yettitadan vazn toifasida o‘tkaziladi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA