Dzyudo: O‘tkirbek To‘raboyev Yevropa shohsupasida
Chexiya poytaxti Pragada dzyudo bo‘yicha yakuniga yetgan Yevropa ochiq chempionatida eng og‘ir vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz O‘tkirbek To‘raboyev oltin medalni qo‘lga kiritdi.
To‘raboyev saralash bosqichida Mo‘g‘uliston, Italiya, Ruminiya vakillarini, yarim final va finalda germaniyalik ikki taniqli dzyudochini mag‘lub etdi. Ahamiyatlisi, iste’dodli yosh polvonimiz xalqaro maydondagi yirik chempionatda ilk bor ishtirok etishiga qaramasdan tajribali dzyudochilardan ustun kelgan holatda 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Yevropa ochiq chempionatining dastlabki kungi bahslarida yana bir sportchimiz Rahimjon Subhonov 66 kg vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo‘lgandi.
Shu tariqa, jamoamiz nufuzli musobaqani 1 tadan oltin va bronza medallari bilan yakunladi.
O‘zA