DXX kubogida bugun yarim finalchilar aniqlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kubogining mini-futbol bo‘yicha hal qiluvchi bosqichida guruh bahslari yakunlandi. 19-avgust kuni o‘tkazilgan uchinchi tur uchrashuvlaridan so‘ng qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasida chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi.
Jumladan, qizlar o‘rtasidagi bahslarning “A” guruhida Farg‘ona viloyati 7 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi. Surxondaryo viloyati 4 ochko bilan ikkinchi, Jizzax viloyati 3 ochko bilan uchinchi, Qashqadaryo viloyati esa 2 ochko bilan to‘rtinchi bo‘ldi.
“B” guruhida Toshkent shahri, Andijon va Xorazm viloyatlari 3 ochkodan jamg‘ardi. “C” guruhida Samarqand viloyati 6 ochko bilan peshqadamlik qildi. Sirdaryo viloyati 3 ochko bilan ikkinchi, Namangan viloyati ochkosiz uchinchi o‘rinni egalladi.
“D” guruhida Toshkent viloyati 9 ochko bilan maksimal natija qayd etdi. Buxoro viloyati 4 ochko bilan ikkinchi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 3 ochko bilan uchinchi, Navoiy viloyati 1 ochko bilan to‘rtinchi bo‘ldi.
Chorak finalda quyidagi juftliklar bahs olib boradi:
Farg‘ona viloyati – Andijon viloyati;
Sirdaryo viloyati – Toshkent viloyati;
Samarqand viloyati – Buxoro viloyati;
Surxondaryo viloyati – Toshkent shahri.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida esa “A” guruhida Jizzax, Navoiy va Toshkent viloyatlari 6 ochkodan jamg‘ardi. Samarqand viloyati ochkosiz qoldi. “B” guruhida Namangan viloyati 6 ochko bilan birinchi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 3 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.
“C” guruhida Toshkent shahri 6 ochko bilan guruh peshqadami bo‘ldi. Buxoro viloyati 3 ochko bilan ikkinchi o‘rinni oldi. “D” guruhida Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari 6 ochkodan to‘plagan bo‘lsa, Sirdaryo viloyati 4 ochko bilan uchinchi, Andijon viloyati 1 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Chorak finalda:
Jizzax viloyati – Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
Buxoro viloyati – Qashqadaryo viloyati;
Toshkent shahri – Xorazm viloyati;
Navoiy viloyati – Namangan viloyati.
Shu tariqa, DXX kubogining mini-futbol bo‘yicha hal qiluvchi bosqichida har ikki yo‘nalishda ham chempionlik uchun kurashning eng qizg‘in pallasi boshlanadi. Chorak final g‘oliblari 21-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan yarim final bosqichiga yo‘l oladi. 22-avgust kuni final va 3-o‘rin uchun bahslar o‘tkaziladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA