DXA: avtomobilingizdan tushmagan holda xizmatdan foydalaning!
Qanday qilib deysizmi?
Buning oson yechimi bor. Bu qulaylik orqali siz markaz binosiga kirishingizga hojat yo‘q.

Endilikda Namangan shahar davlat xizmatlari markazining avto turargohida yaratilgan imkoniyatdan siz avtoulovingizdan tushmagan holda foydalanishingiz mumkin!
Bu yerda siz:
bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga elektron navbatga qo‘yish;
pensiya haqida ma’lumotnoma olish;
elektr, gaz va ichimlik suvi hisoblagichlarini plombalash va boshqa xizmatlardan foydalanish uchun arizalarni to‘ldirishga va tayyor hujjatlarni olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Mazkur qulaylik fuqarolarga xizmatdan tez, oson foydalanish imkoniyatini beradi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu xizmat sinov tariqasida joriy etilgan bo‘lib, har haftaning dushanba va seshanba kuni ko‘rsatiladi.
Davlat xizmatlari agentligi
Axborot xizmati