Dustiyorov Mehroj Dilshodovichning biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Qashqadaryo vohasi sharoitida tukli erva (Aerva lanata L.) ning introduksiyasi va agrobiologiyasi” mavzusida
Dustiyorov Mehroj Dilshodovichning “Qashqadaryo vohasi sharoitida tukli erva (Aerva lanata L.) ning introduksiyasi va agrobiologiyasi” mavzusidagi 06.03.03 – “Dorivor o‘simliklar introduksiyasi, yetishtirish texnologiyasi va agrofarmoekologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.32/2025.27.12.B/Qx.01.01 Ilmiy kengashning 2026-yil 7-iyul, soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahri 111800, Bektemir tumani, Oltintopgan ko‘chasi 15-uy, Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi Ma’muriy binosi, 1-qavat, anjumanlar zali.
Tel.: +998555192100; faks: +998555192100
e-mail: shifobaxsh@urmon.uz