Dunyoning ajabtovur bozorlari
Mamlakat iqtisodiyoti, madaniyati va tarixiy rivojlanish jarayonlarini oʻzida ifoda etuvchi bozorlar nafaqat mahalliy aholi, balki mamlakatga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun ham ahamiyatli manzilgohlardan hisoblanadi.
Mamlakat iqtisodiyoti, madaniyati va tarixiy rivojlanish jarayonlarini oʻzida ifoda etuvchi bozorlar nafaqat mahalliy aholi, balki mamlakatga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun ham ahamiyatli manzilgohlardan hisoblanadi. Qator mezonlarga koʻra, dunyoda turlicha bozorlar mavjud boʻlib, quyida eʼtiboringizga dunyoning ajabtovur bozorlari haqidagi maʼlumotlarni keltirib oʻtamiz.
Kapali-Charshi (Katta bozor), Istambul
Umumiy maydoni 30 ming 700 kvadrat metr hududni tashkil etgan savdo majmuasi hududida xizmat koʻrsatish tarmoqlarining bir necha turlari – bozor, turar joy, sartaroshxona, hatto qabriston joylashgan. Bozor hududiga kiruvchi 66ta koʻchadagi 400ga yaqin doʻkonlarda insoniyat ehtiyoji uchun kerak boʻlgan barcha buyumlar savdosi yoʻlga qoʻyilgan.
“Sukidzi” bozori, Tokio
Asosan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, shuningdek, dengiz mahsulotlari ulgurji savdosi amalga oshiriladigan ushbu bozorda kuniga 2 ming tonnaga yaqin baliq va dengiz mahsulotlari sotiladi. Dam olish va bayram kunlaridan tashqari har kuni soat tonggi 5:00dan 13:00 gacha faoliyat olib boradigan mazkur savdo majmuasi dunyoning eng katta baliq bozorlaridan biri hisoblanadi.
“Burxas” bozori, La-Pas
Boliviyaning eski poytaxti La-Pasda joylashgan ushbu savdo majmuasi shaharning eng diqqatga sazovor maskanlaridan hisoblanadi. Bozor nomi Burjas ispan tilidan olingan boʻlib, “jodugar” degan maʼnoni anglatadi. Taxminan V-VI asrlarda shakllangan ushbu bozor sehrgar va jodugarlik ishi bilan shugʻullanuvchi mahalliy aholi tomonidan yaratilgan buyumlar, dori-darmonlar savdosi bilan gavjum.
“Addis-Merkato”, Addis-Abeba
Nafaqat Addis-Abeba, balki Afrika qitʼasining eng katta savdo markazi hisoblangan mazkur bozor mahalliy aholi tomonidan “bir shisha idish” deb nomlanadi. Bu yerda insoniyat ehtiyoji uchun kerak boʻladigan deyarli barcha mahsulot va xizmatlar savdosi yoʻlga qoʻyilgan. Mazkur bozor xavfsizlik xizmati joriy etilmagan, sayyohlar uchun xatarli boʻlgan hudud hisoblanadi.
“Rialto” bozori, Venetsiya
Yevropadagi eng qadimgi bozorlardan biri hisoblangan Rialtoning shakllanish tarixi XI asrlarga boradi. Bozorda, asosan, qishloq xoʻjaligi va dengiz mahsulotlari savdosi yoʻlga qoʻyilgan.
“Shilin" kechki bozori, Taybey
Ushbu noodatiy bozorda mahalliy xalq tili bilan aytganda, odam jonidan boshqa hamma narsani topish mumkin. Esdalik sovgʻalaridan tortib oziq-ovqat mahsulotlarigacha, sartaroshxonalardan tortib kinoteatrlargacha mehmonlar xizmatiga shay. Tashrif buyuruvchilarning asosiy qismi bu yerdagi mazali taomlar tanovvuli uchun keladilar.