Dunyo xabarlari qisqa satrlarda
-
Yevropa Ittifoqi davlatlarining doimiy vakillari Ukrainani isloh qilish rejasini oldindan ma’qulladilar. Bu Kiyevga 2027-yilgacha 50 milliard yevro miqdorida moliyaviy yordam ajratish sharti hisoblanadi. Ushbu xabarni EI Kengashiga raislik qilayotgan Belgiya vakolatxonasi tasdiqladi.
***
Buyuk Britaniya Yevropada ilk yuqori darajada boyitilgan uran zavodini quradi, dedi qirollik Energetika xavfsizligi va iqlim betarafligi departamenti.
Britaniya Rossiyani jahon bozoridan siqib chiqarishdan umidvor, chunki RF hozircha ushbu materialni eksport qiluvchi yagona davlat.
***
Malayziya Xitoyning “Panda diplomatiyasi”ga o‘xshash “Orangutan diplomatiyasi” tashabbusi doirasida palma yog‘i sotib oluvchi mamlakatlarga orangutanlarni hadya qiladi, dedi mamlakat savdo vaziri Johariy Abdul G‘ani ijtimoiy tarmoqda.
Pekin ancha vaqtdan beri “Panda diplomatiyasi”dan yumshoq kuch shakli sifatida foydalanib keladi. Xitoy tinchlik va do‘stlik ramzi sifatida sherik davlatlarga bir juft panda berish bo‘yicha azaliy imperiya an’anasini davom ettirmoqda. Faqat xorijiy hayvonot bog‘lari Xitoyda naslchilik dasturiga qo‘shilishi uchun panda avlodlarini tug‘ilgandan keyin bir necha yil ichida qaytarishlari kerak.
***
Ukraina parlamenti safarbarlik va harbiy holatni 90 kunga uzaytirish qarorini qo‘llab-quvvatladi, dedi Oliy Rada deputati Aleksey Goncharenko ijtimoiy tarmoq sahifasida.
Avvalroq Vladimir Zelenskiy parlamentga Ukrainada harbiy holat va safarbarlikni uzaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritgan edi.
***
NATO sammiti joriy yil 9-11-iyul kunlari AQSHda bo‘lib o‘tadi, deb xabar tarqatdi Alyans matbuot xizmati. Yig‘ilishga Bosh kotib Yens Stoltenberg raislik qiladi.
***
“Boeing-767” yuk tashuvchi layneri Yangi Istanbul aeroporti (IST)ga oldingi qo‘nish moslamasi o‘rnatilmagan holda qo‘ndi, jabrlanganlar yo‘q.
“Hava Sosyal Medya” ixtisoslashgan portali yozishicha, Parijdan Istanbulga uchib kelgan yuk layneri pilotlari avvaliga uchish-qo‘nish yo‘lagi ustidan uchib o‘tishdi, keyin samolyotni qo‘ndirishga qaror qilishdi.
***
“Axios” agentligi yuqori martabali amerikalik mulozimga tayanib xabar berishicha, o‘tgan hafta Rafoh amaliyoti bilan bog‘liq xavotir tufayli AQSH Isroilga qurol sotishni to‘xtatgan.
***
NATOning Shvetsiyadagi mashg‘uloti chog‘i parashyutdan sakranan o‘ndan ortiq askar jarohat oldi, deb yozdi “Aftonbladet” gazetasi.
“Seshanba kuni NATOning “Swift Response” mashqi payti parashyutdan sakrash natijasida 11 kishi yaralandi”, — deyilgan xabarda. Ma’lumotga ko‘ra, jabrlanganlar AQSH, Vengriya va Italiya harbiy xizmatchilari.
***
BMT Xavfsizlik Kengashi 9-may kuni Rossiyaning iltimosiga binoan, Falastin – Isroil mojarosi mavzusini muhokama qiladi, majlis yopiq eshiklar ortida o‘tadi, dedi RFning BMTdagi doimiy vakili birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy.
S.Rahimov, O‘zA