Dunyo gimnastika yulduzlari poytaxtimizda
Toshkentda sportning eng nafis turi bo‘lgan badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi boshlandi.
Toshkentda sportning eng nafis turi bo‘lgan badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi boshlandi.
Gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabida o‘tayotgan musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Gimnastika federatsiyasi, Xalqaro gimnastika federatsiyasi hamkorligida tashkil etildi. Unda o‘n besh davlatdan kelgan yigirma yetti nafar gimnastikachi sakkiz yo‘nalishda g‘oliblik uchun kurashmoqda.

Mamlakatimizda qizlarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Badiiy gimnastika bilan shug‘ullanuvchi qizlar safi kengayib borayotir. Ushbu sport turi qizlarning jismonan sog‘lom, irodasi mustahkam, didi va dunyoqarashi yuksak insonlar bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiladi.
Jahon kubogi bosqichida tajribali gimnastikachilarimiz Sabina Toshkenboyeva va Nuriniso Usmonova mamlakatimiz sharafini himoya qilmoqda. Guruh bahslarida Kseniya Aleksandrova, Dinara Ravshanbekova, Sofiyabonu Qosimova, Kamola Irnazarova, Nilufar Shomurodovadan iborat guruh ishtirok etmoqda.