Do‘stlik va hamjihatlik tarannum etildi
FOTOREPORTAJ
Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanining chekka Sarimoy mahallasida millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni yanada mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Shuningdek, tadbir doirasida «Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam» aksiyasi, sport musobaqalari, bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi, milliy taom va liboslar ko‘rgazmalari tashkil etildi.
[gallery-20415]
Vohada istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillari o‘z milliy urf-odatlari, an’ana va qadriyatlarini namoyish etdi. Do‘stlik, tinchlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi, go‘zal raqslar ijro etildi.
Tadbirda tuman hokimi Akmal Jimalyazov qatnashdi.
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA