Donorlar beg‘araz yordam ko‘rsatdi
Nukus shahridagi Respublika qon quyish stansiyasida “Men donorman!” shiori ostida xayriya qon topshirish aksiyasi o‘tkazildi.
Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida tashkil etilgan aksiya keng jamoatchilikni insonparvarlik va xayriya ishlariga chorlash hamda bemor insonlarga yordam qulini uzatish maqsadiga qaratilgan.
Aksiyada ko‘ngilli yoshlar, Yoshlar ishlari agentligi, ichki ishlar xodimlari hamda harbiy xizmatchilar faol ishtirok etdi. Ko‘ngillilar tomonidan topshirilgan qon preparatlari onkologiya va gematologiya markazlarida davolanayotgan bolalar va boshqa bemorlarga yetkazib beriladi.
[gallery-262]
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA